Maxfiylik siyosati
1. Soundbook ilovasi foydalanuvchilarga audiokitob xizmatini taklif qiladi. Ushbu dasturdan foydalanish qoidalari bilan tanishib chiqing. Foydalanuvchi dasturdan foydalanganda ushbu qoidalarga rozi ekanligini tasdiqlaydi. Qoidalarga o'zgartirsh va qoshimchalar kiritilishi mumkin.
2. Qoidalarning maqsadi foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilishdir. Foydalanuvchi tomonidan Soundbook ilovasi va saytiga xizmatni amalga oshirish uchun taqdim etilgan barcha ma'lumotlar foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlari sanaladi. Foydalanuvchi bu boradagi barcha savollar bilan soulsoft@mail.ru manziliga murojaat qilishi mumkin.
3. Shaxsiy ma'lumotlar soundbook xizmatiga bevosita foydalanuvchi tomonidan elektron tarzda taqdim etiladi. Soundbook xizmati foydalanuvchi ruxsatisiz hech qanday ma'lumot ololmaydi.
5. Foydalanuvchi taqdim etadigan shaxsiy ma'lumotlarga uning telefon raqami kiradi.
6. Shaxsiy ma'lumotlardan Soundbook xizmatini takomillashtirish hamda tavsiyaviy va reklama materiallarini tayyorlab, yuborish maqsadida foydalanilishi mumkin.
7. Foydalanuvchi tavsiyaviy va reklama materiallari xabarlarni rad etish huquqiga ega.
8. Soundbook xizmatidan foydalanish davomida amalga oshirilgan to'lovlar va bank kartalari haqidagi ma'lumotlar bevosita tegishli xizmatlar orqali bajariladi. Bu ma'lumotlar soundbook xizmati bazasida saqlanmaydi.
9. Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlari O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro huquq normalari doirasida himoya qilinadi.
10. Foydalanuvchi soundbook xizmatiga murojaat etib, o'z ma'lumotlarini o'chirtirish huquqiga ega.